Osiyo regbi o'zining boshqaruv huquqidan kelib chiqgan holda, Xalqaro Regbi Kengashining navbatdagi raisi bo'lishga da'vogar Agustin Pihot nomzodini qo'llab-quvvatlaydi.

Osiyo Regbi Prezidenti janob Qais Abdulloh Al-Dalay, bugun 2020 yil 25 aprel kuni, Xalqaro regbi Kengashining bo’lajak bosh raisini aniqlash maqsadida, Osiyo qit’asidan berilgan ovozlarni sonini xisoblash jarayonida, umumiy hisobda 28 ovozga ega bolgan federatsiyalardan 24 nafari Agustin Pishoga, 2 kishi Bill Bomontga va 2 ta betaraf ovoz berilgani haqida xabar berdi.

Janob Al-Dalay «Mening Tenglik, oshkoralik va javobgarlikga tayangan tamoyillarim, Osiyo Regbi, o’zining a’zo ittifoqlari nomidan qaror qiladigan boshqa mintaqaviy birlashmalardan farqli o’laroq, alohida har bir federatsiyalar o’zlarining shaxsiy fikrlarini ifoda etishga imkon berganidan yaqqol namoyon bo’ldi.

«Shu bilan birga, umujahon o’yiniga aylanishi kutilayotgan sport turinining Osiyo qitasidagi 28ta uyushmasining, Xalqaro Regbi Kengashining boshqaruv va ovoz berish tizimidagi jami 51 ta ovozdan atigi 2 ta ovozga egaligi juda achinarli.

«Agar regbi chindan ham umumjahon sportiga aylanatotgan bo’lsa, bu hoziroq o’zgarishi kerak», deb qo’shimcha qildi u. «Osiyo 4,5 milliard aholiga ega va uning rivojlanayotgan iqtisodiyoti potentsial tijoriy sheriklik va samarali foydalanish markazidir.

Osiyo, o’tgan yili Yaponiyada bolib otgan regbi bo’yicha eng muvaffaqiyatli Jahon chempionatiga mezbonlik qildi va hozirda HSBC Regbi 7 Jahon Seriyasining muhim 3 bosqichi, Gonkongdagi afsonaviy Regbi 7 Jahon Seriyasi, nufuzli Dubay 7 va yaqinda barchani ilhomlantirgangan Singapur Regbi 7 Jahon Seriyasiga mezbonlik qilmoqda.

Ammo, tijoriy sheriklik va aholi sonidan tashqari, men Pihotning Osiyoda va barcha mintaqalarda, shu jumladan yangi tuzulgan uyushmalarda o’yin ko’rsatkichlarini yaxshilaydigan barqaror va raqobatga yo’l ochadigan tasavvurga ega ekanligiga ishonaman. «

Al-Dalay oz sozi songida, «Osiyo nomidan, biz qaysi bir nomzod saylovlarda g’alaba qozonishidan qatiy nazar, uning dasturi regbi sport turini keyingi bosqichga olib chiqshni, barcha federatsiyalarga moliyaviy va boshqaruv nuqtai nazaridan teng ravishda ochiq bo’lishni, hamda tenglik, oshkoralik va javobgarlikga tayangan tamoyillarni o’z ichiga olgan» deb takidladi.