Karantin qoidalariga muvofiq jismoniy mashg'ulotlarga start berildi.

Iyun oyidan boshlab mamlakatda cheklovlarni bosqichma-bosqich yengillashtirish boshlandi. Ular sportga ham tegishli bo’ldi: asta-sekin odamlarga yugurish, piyoda va boshqa mashg’ulotlar uchun tashqariga chiqishga ruxsat berildi.

2 iyuldan boshlab professional sportchilarga rasmiy mashg’ulotlarda qatnashishga ruxsat berildi. Regbi federatsiyasiga mashg’ulotlarni qayta boshlash uchun ruxsat berildi. Sportchilar endii mashg’ulotlarda faqat O’zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy masofa rejimiga qat’iy rioya qilgan holda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Jahon regbi hamjamiyati (World Rugby) talablariga amal qilgan holda shug’ullanishlari mumkin. 

Barcha sportchilar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Har bir sportchiga faqat to’liq dezinfektsiyalash va kerakli tushuntirish ishlari o’tkazilgandan so’ng mashq qilishga ruhsat beriladi.