O’zbekiston regbi Federatsiyasi barchani o’zbek tili kuni bilan tabriklaydi!

O’zbekiston regbi Federatsiyasi barchani o’zbek tili kuni bilan tabriklaydi!

O'zbekiston regbi Federatsiyasi barchani o'zbek tili kuni bilan tabriklaydi!

O’zbek tili turkiy tillarning xorazmiylar, so’g’dlar, baktriyalar, saklar tillari bilan o’zaro uyg’unlasishi natijasida paydo bo’lgan til hisoblanadi. O’zbek tilining shakllanishi murakkab, ko’p qirrali bo’lib, tarixi uzoq bir o’tmishga bo’radi.

Bugungi kunda o’zbek tili bizning faxrimizdir. Shunday qilib, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020 yil 20 oktyabrda o’zbek tilini yanada rivojlantirish va mamlakatda til siyosatini takomillashtirish to’g’risida farmon imzoladi. Farmon davlat tilini o’qitish tizimini takomillashtirish, mamlakatda o’zbek tilini o’rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, lotin alifbosiga o’tishni yakunlash va davlat tilida ish yuritishda boshqaruv kadrlari darajasini baholash tizimini joriy etishni nazarda tutadi. Joriy yildan boshlab, 21 oktyabr kuni O’zbekistonda o’zbek tili kuni nishonlanadi.

Ushbu bayram munosabati bilan O’zbekiston regbi federatsiyasi viloyat regbi bo’limlariga ilgari tayyorlangan World Rugby (Jahon regbi) o’quv qo’llanmalarini ona tilimizda (kirill va lotin) taqdim etdi. Federatsiya bunday tadbirlar orqali o’zbek tilini saqlab qolish uchun barcha sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

Til tirik bo’lsa, millat ham barxayo’t!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan