Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionati. I tur

Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionati. I tur

Regbi-7 bo'yicha O'zbekiston chempionati. I tur

2020 yil 31 oktyabrda O’zbekiston Milliy universiteti sport stadionida regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionatining birinchi turining ochilishi bo’lib o’tdi. Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o’rinbosari R.Ermatov, Milliy olimpiya qo’mitasi prezidenti R.Shaabdurahmonov, Milliy olimpiya qo’mitasi bosh kotibi O.Qosimov, O’zbekiston Milliy universiteti prorektori K.Mirzahmedov, O’zbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi K.Jalilov, O’zbekiston respublika tovar-xomashyo birja raisi Z.Badriddinov, shuningdek tegishli tashkilotlarning boshqa vakillari ishtirok etishdi.

Musobaqa ochilishi O’zbekiston regbi federatsiyasi xodimlari va federatsiyaning bosh homiysi – O’zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi ortasida regbi bo’yicha ko’rgazma o’yini bilan boshlandi. Ushbu tadbir Prezidentimizning «Sog’lom turmush tarzi» qarorini amalga oshirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida o’tkazildi.

«Regbi – bu eng ajoyib sport turlaridan biri!» – R. Ermatov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o’rinbosari.

Tadbirda UzReport TV, Sport TV, O’zbekiston 24, Zamon va boshqa axborot agentliklari O’zbekiston Respublikasida regbining rivojlanishi to’g’risida mahsus reportaj olib borishdi. O’yinga yeg’ilgan tomoshabinlar respublikaning barcha viloyatlaridan kelgan  erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasidagi qiziqarli uchrashuvlarni tomosha qilish imkoniga ega bo’ldilar.

“Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev o’z qarori bilan (2019 yil 29 oktyabrdagi PQ-4500) O’zbekiston Respublikasida regbining rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatladi. Bizning vazifamiz bu uchun zarur bo’lgan barcha cho’ra-tadbirlarni amalga oshirish! » – R. Shaabduraxmonov, Milliy olimpiya qo’mitasi prezidenti.

O’zbekiston regbi federatsiyasi ushbu tantanali tadbirni biz bilan birgalikda baham ko’rgan barcha ishtirokchilar va mehmonlarga o’z minnatdorchiligini bildiradi. Shuningdek, musobaqa yakuniga ko’ra g’olib bolgan Universitet jamoasini tabriklymiz.

O’zbekiston regbi federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo’mitasi va homiylarning har tomonlama qo’llab-quvvatlashi sababli olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar, ko’zlangan yuqori maqsadlarga va yurtimizda regbini yangi pog’onaga olib chiqishiga ishonamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan