27-noyabrdan 5-dekabrga qadar O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining regbi-15  bo’yicha kubok o’yinlariga start beriladi

27-noyabrdan 5-dekabrga qadar O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining regbi-15 bo’yicha kubok o’yinlariga start beriladi

Mamlakatimizda regbini yanada rivojlantirish, respublika aholisining keng qatlamlari, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining harbiy tuzilmalari o’rtasida ushbu sport turini faol ravishda targ’ib qilish va ommalashtirish maqsadida 27 noyabrdan 5 dekabrgacha regbi-15 bo’yicha Mudofaa vaziri kubogi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Turnirda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqalar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Musobaqa Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti va Markaziy Harbiy Sport Klubi maydonlarida o’tkaziladi.

Bunday musobaqalarni o’tkazish nafaqat o’quvchilarning mahorat darajasi va malakasini oshirish uchun qulay muhit yaratibgina qolmay, balki COVID-19 pandemiyasi davrida sport ishlarini bosqichma-bosqich tiklash uchun muhim qadamdir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan