O’zbekiston regbi Federatsiyasi rahbariyati regbi Milliy terma jamoa o’quv-mashg’ulot yig’iniga tashrif buyurdi

O’zbekiston regbi Federatsiyasi rahbariyati regbi Milliy terma jamoa o’quv-mashg’ulot yig’iniga tashrif buyurdi

2021 yil 17-yanvarda regbichilarimiz terma jamoasi 2021 yil 31 yanvargacha davom etadigan Yangiobod  respublika o’quv-mashg’ulot bazasida (Dukent shahri) yig’inlarini o’tkazishni boshladi. 2021 yil 21 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o’rinbosari, O’zbekiston regbi Federatsiyasi raisi Safoev Sodiq Solixovich boshchiligidagi O’zbekiston regbi Federatsiyasi rahbariyati regbichilarimiz o’quv mashg’ulotlar yig’iniga tashrif buyurishdi.  Shuningdek, tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o’rinbosari, O’zbekiston regbi Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Narbaev Alisher To’xtayevich va O’zbekiston regbi Federatsiyasi bosh kotibi Djalilov Qahramon Hakimovich kirgan rahbariyatning tashrifidan maqsad sportchilar va murabbiylarning yashash sharoitini o’rganish va mashg’ulotlar jarayonini tashkil etish bilan tanishishdir.

Shuni ta’kidlash joizki, o’quv-mashg’ulot yig’ini Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Kulikov Danil va Janubiy Afrikalik murabbiy-maslahatchi Human Andre boshchiligida olib borilmoqda.

Uchrashuvda, shuningdek, Prezident Mirziyoev Shavkat Miromonovichning O’zbekistonda regbini rivojlantirishga oid siyosatininig ahamiyati qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Safoev Sodiq Solixovich O’zbekistonda regbi bo’yicha kelgusidagi rejalar to’g’risida berilgan savolga quyidagicha javob berdi: “Birinchi musobaqa Navro’z bayrami arafasida harbiy kuchlar jamoalari o’rtasida 14 martdan 19 martgacha bo’lib o’tadi. Ushbu musobaqa davomida yangi sportchilar tanlab olinadi va biz ularni may oyida Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida bo’lib o’tadigan Osiyo chempionatining 3-divizioni musobaqasiga tayyorlaymiz. Biznining maqsadimiz birinchi o’rinni egallab, ikkinchi divizionga chiqishdir. Umid qilamizki, bu regbi o’yinchilarimiz tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi sharafiga yaxshi sovg’a bo’ladi «.

 





Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan