Tokio Olimpiadasiga 10 mingga yaqin tibbiyot xodimlari jalb etilishi mumkin.

Tokio Olimpiadasiga 10 mingga yaqin tibbiyot xodimlari jalb etilishi mumkin.

Tokio Olimpiadasiga 10 mingga yaqin tibbiyot xodimlari jalb etilishi mumkin.

Yaponiya hukumati Tokiodagi Olimpiya o’yinlariga 10 ming nafarga yaqin tibbiyot xodimlarini jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Yaponiya hukumatida sport sohasida faoliyat olib borayotgan sobiq atlet Seyko Xasimoto parlamentdagi munozaralar davomida ma’lum qildi.

«Biz jalb qilinadigan 10 mingga yaqin tibbiyot xodimlarining tarkibini tayyorlashni rejalashtirmoqdamiz», – dedi Seyko Xasimoto. U, shuningdek shuncha miqdordagi mutaxassislarni Olimpiadaga jalb qilish mahalliy tibbiyot muassasalarining faoliyatiga ta’sir ko’rsatmasligini bildirdi. 

Avvalroq, Tokio-2020 Tashkiliy qo’mitasi musobaqalar o’tkazish paytida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bilan bog’liq tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun «Yuqumli kasalliklar bilan kurashish bo’yicha markaz» hay’at organini tashkil etish rejasini ma’lum qilgan edi.

O’z navbatida Xalqaro Olimpiya qo’mitasi Tokiodagi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etadigan sportchilarni vaktsinatsiya qilish masalasi ko’rib chiqilayotganini ma’lum qilgan.

Mambaa: olympic.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan