Regbi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’inlari davom etmoqda.

Regbi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’inlari davom etmoqda.

Regbi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig'inlari davom etmoqda.

2021 yil 11 fevralda regbi bo’yicha terma jamoamiz 2021 yil 27 fevralgacha davom etadigan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Toshkent) sport majmuasida o’quv-mashg’ulot yig’inlarini o’tkazishni boshladi. Ushbu tadbirning maqsadi regbi-7 bo’yicha O’zbekiston erkaklar milliy terma jamoasini xalqaro Open Central Asia tournament turnirida ishtirok etish uchun samarali tayyorlash shuningdek erkaklar jamoasining jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhiyatini oshirish.

Ta’kidlash joizki, o’quv-mashg’ulot yig’inini terma jamoa bosh murabbiyi Kulikov Danil va Janubiy Afrikalik murabbiy-maslahatchi Human Andre olib borishmoqda. Chet ellik mutaxassislarning murabbiylik tajribasi va bilimlarini joriy etish regbi sportining samarali rivojlanishi va mamlakatimizda ushbu sport turini ommalashtirish garovidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan