Yangiobod RO’MBda regbi bo’yicha ayollar terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini

Yangiobod RO’MBda regbi bo’yicha ayollar terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini

2021 yil 14 fevralda regbichilarimiz ayollar terma jamoasi 2021 yil 28 fevralgacha davom etadigan Yangiobod respublika o’quv-mashg’ulot bazasida (Dukent shahri) yig’inlarini o’tkazishni boshladi. Ushbu tadbir regbi bo’yicha O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasini bo’lajak xalqaro turnirlarda qatnashishga samarali tayyorlashga qaratilgan. Shuningdek, Antaliya shahrida (Turkiya) 2021 yil 2-10 mart kunlari Rossiya, Ukraina, Gruziya, Qozog’iston, Turkiya regbi ayollar jamoalari bilan qo’shma o’quv-mashg’ulot yig’inlari o’tkaziladi.
Ta’kidlash joizki, o’quv-mashg’ulot yig’inlari Qozog’istondan kelgan xorijlik murabbiy-maslahatchi Anastasiya Xamova ishtirokida o’tkazilmoqda.





Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan