Olti Millat Kubogi-2021: Fransiya bosh murabbiyi yordamchisi Uilyam Servatda Covid-19 aniqlandi

Olti Millat Kubogi-2021: Fransiya bosh murabbiyi yordamchisi Uilyam Servatda Covid-19 aniqlandi

Bosh murabbiy yordamchisi Uilyam Servat Fransiya terma jamoasining «Covid-19″ga ijobiy test topshirgan uchinchi a’zosi, deb xabar beradi Fransiya regbi Federatsiyasi. Seshanba kuni bosh murabbiy Fabien Galtye va boshqa bir xodim testlari ijobiy deb aniqlangan edi. Endi uchlik 28 fevralda Shotlandiyaga qarshi o’yinga tayyor bo’lish uchun yetti kun davomida izolyatsiyada bo’lishadi. Garchi, hech qaysi regbi o’yinchilarida virus aniqlanmagan bo’lsada, ularga hafta oxirigacha uyida izolyatsiyada bo’lib turishlari tavsiya etildi. Fransiya regbi Federatsiyasining ta’kidlashicha, ijobiy natija topshirganlarning hech birida hech qanday kasallik alomati aniqlanmadi. Futbolchilar juma kuni uyda va yakshanba kuni yana Markusisdagi Milliy regbi markazida Shotlandiyaga qarshi o’yinga tayyorgarlik ko’rish uchun yig’ilishganda sinovdan o’tkaziladi. Fransiya ushbu o’yin uchun 31 kishilik tarkibni chorshanba kuni e’lon qiladi. Yakshanba kuni Dublinda Irlandiyani mag’lub etgan Fransiya terma jamoasi, ikki g’alabadan so’ng birinchi o’rinni egallab turibdi.

Manbaa: bbc.com

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan