Festival “Get Into Rugby” (GIR) va regbi bo’yicha Farg’ona shahri Hokimi Kubogi

Festival “Get Into Rugby” (GIR) va regbi bo’yicha Farg’ona shahri Hokimi Kubogi

2021 yil 17-fevral kuni Farg’ona shahridagi «Tekstilchi» stadionida an’anaviy GIR bolalar festivali bo’lib o’tdi. Festival tugagandan so’ng, «Sportni sev, sport bilan yasha!» shiori ostida «Farg’ona shahri hokimi kubogi» turniri bo’lib o’tdi. Farg’ona shahrida bo’lib o’tgan musobaqalarda 175 yosh regbichilar, ulardan 140 tasi o’g’il bolalar, 35 tasi qiz bolalar ishtirok etishdi. Yigitlar o’rtasida birinchi o’rinni «Istiqlol» jamoasi, ikkinchi o’rinni «Jasorat», uchinchi o’rinni «Lochin» jamoasi egalladi. Qizlar o’rtasida birinchi o’rinni «Nafosat» jamoasi, ikkinchi o’rinni «Gulshan», uchinchi o’rinni «Navnihol» jamoasi egalladi. Bunday tadbirlarning maqsadi yoshlar o’rtasida regbini ommalashtirish, shuningdek, aholini sportga va sog’lom turmush tarzini olib borishga jalb qilishdan iborat.







Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan