Farg’onada 18 yoshgacha bo’lgan qizlar terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’inlari boshlandi

Farg’onada 18 yoshgacha bo’lgan qizlar terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’inlari boshlandi

Farg’onada 18 yoshgacha bo’lgan qizlar terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’inlari boshlandi. O’quv-mashg’ulot yig’iniga Namangan va Farg’onadan jami 21 sportchilar jalb qilindi. Tashrif buyurgan sportchilar: Xafizaxon Raxmonberdieva, Sevinch Muydinjonova, Maftuna Isroiljonova, Iroda Tursunova, Durdona Olimjonova, Gulchexra Abdurasulova, Moxira Abdullaeva, Farangizbonu Maxmudova, Manzura Turdalieva, Maxliyo Raxmonberdieva (barcha o’quvchilar To’raqo’rg’ondan), Izzatxon Abduraximova, Mushtariy Kosimjonova, Marjona Maxammadova, Minura Raximova, Marjona Olimjonova, Sarvinozbonu Esonalieva, Zilola Alieva, Xayotxon Axmadalieva, Zuxraxon Alieva, Shaxlo Ruziboeva, Marjona Kodiralieva (barcha sportchilar Farg’onadan).

Yig’in murabbiy-maslahatchi Anastasiya Xamova va yordamchi murabbiy Pavel Ivanov rahbarligida o’tkazilmoqda.

O’quv-mashg’ulot yig’inlari 13-27 iyun kunlari 2-sonli umumta’lim maktabining o’yin maydonchasi bazasida bo’lib o’tadi va bundan maqsad sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, o’yin mahoratini oshirishga qaratilgan. Yig’in natijalariga ko’ra, O’zbekiston U18 ayollar terma jamoasiga eng yaxshi o’yinchilar tanlab olinadi.