Toshkent shahrida qizlar  terma jamoasi uchun o’quv-mashg’ulot yig’inlari boshlandi

Toshkent shahrida qizlar terma jamoasi uchun o’quv-mashg’ulot yig’inlari boshlandi

18 yoshgacha bo’lgan qizlar terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’ini 2-15 iyul kunlari MHSK sport bazasida bo’lib o’tadi. Jami 22 nafar sportchi o’quv-mashg’ulot yig’iniga chaqirildi: Madina Vapoeva, Gulnoza Spaeva, Maxliyo Bolttaboeva, Nasiba Sultonmurodova, Oishahon Orazmetova, Xulkaroy Jumanazarova, Durdona Xajiboeva, Munisa Rajaboeva (barchasi Urganch), barchasi Nukus), Zuxraxon Aliyeva, Izzatxon Abdurahimova (barchasi Farg’ona), Sevinch Mo’ydinjonova, Maftun Isroiljonov, Iroda Tursunova (barchasi Namangan), Nilyufar Jaxongirova, Sevinch Shodieva, Elizaveta Molodih (Toshkent shahri).

O’quv-mashg’ulot yig’inlari murabbiy-maslahatchi Anastasiya Xamova (Olmaota), murabbiy Pavel Ivanov (Toshkent) va yordamchi murabbiy Umida Boltaboeva (Nukus) rahbarligida o’tkazilmoqda. Yosh futbolchilarga amaliy yordamni regbi-7 bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi futbolchilari ham ko’rsatib berishadi. O’quv-mashg’ulot yig’ini dasturi futbolchilarning jismoniy chidamliligi va taktik-texnik mahoratini oshirishga qaratilgan. TKBning asosiy vazifasi 18-19 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan 18 yoshgacha bo’lgan qizlar o’rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikdir.