Qozog’istondagi xalqaro regbi-7  turniri natijalari

Qozog’istondagi xalqaro regbi-7 turniri natijalari

11-17 iyul kunlari regbi-7 bo’yicha O’zbekiston erkaklar terma jamoasi Taldiqo’rg’on (Qozog’iston) shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro turnirda qatnashdi.

O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston jamoalari ishtirok etgan ushbu musobaqa natijasida sportchilarimiz Qozog’iston Respublikasining «Osiyo-sport Dinamo» va «Olimp» professional klublariga yutqazib, 3-o’rinni egallashdi. Bundan tashqari, O’zbekiston jamoasi hakamlik va trening mahorat darslarida qatnashdilar. Hakamlar master-klassini bosh kotib, yuqori toifadagi sudya Amirtaev E.K va uning yordamchisi, milliy toifadagi sudya Manakov V olib borishdi.

Yaqin kelajakda FRU rahbariyati va murabbiylar shtabi erkaklar jamoalari o’rtasida Qozog’iston Respublikasi milliy chempionatida ishtirok etishni rejalashtirmoqda, bu bizning jamoamizga ajralmas mashg’ulotlar sifatini yanada oshirishga imkon beradi.