XOQ 2032 yilda bo’lib o’tadigan yozgi Olimpiada poytaxtini tanladi

XOQ 2032 yilda bo’lib o’tadigan yozgi Olimpiada poytaxtini tanladi

Xalqaro olimpiya qo’mitasi a’zolari bugun 2032 yilgi yozgi Olimpiada o’yinlarini o’tkazish uchun Brisben shaxriga ovoz berishdilar. Yashirin ovoz berish Tokioning 138-sessiyasida, Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimidan ikki kun oldin, COVID-19 qat’iy cheklovlari ostida bo’lib o’tdi.

Brisben Olimpiadani o’tkazadigan Avstraliyaning  uchinchi shahri bo’ladi. 1956 yilda o’yinlar Melburnda, 2000 yilda Sidneyda bo’lib o’tdi.

Bu yil birinchi marta Olimpiadaning poytaxti yangi tartibga ko’ra tanlandi. O’yinlar o’tkaziladigan joyni tanlash mexanizmiga o’zgartirishlar 2019 yil iyun oyida kiritilgan. Nomzod shaharlari endi ariza kampaniyasini o’tkazishga hojat yo’q. XOQ ijro qo’mitasi tomonidan o’yinlarning eng yaxshi o’tkaziladigan joyi sifatida tanlangan yagona nomzod Brisben edi.

2024 yilda Yozgi Olimpiya o’yinlari Parijda, 2028 yilda Los-Anjelesda bo’lib o’tadi.

Manba: