Tokioda erkaklar o’rtasidagi regbi-7 bo’yicha Olimpiya o’yinlarining birinchi kuni

Tokioda erkaklar o’rtasidagi regbi-7 bo’yicha Olimpiya o’yinlarining birinchi kuni

Amaldagi chempion Fidji erkaklar o’rtasidagi Olimpiya musobaqasining birinchi kunini Tokio stadionida mag’lubiyatsiz yakunlagan beshta jamoadan biri bo’ldi.

Fidji ochilish o’yinida Yaponiyani mag’lubiyatga uchratdi, so’ngra yana bir keskin bahsda Kanadaga qarshi g’alaba qozondi va seshanba kungi chorak finalga yo’llanmani qo’lga kiritdi. «B» guruhida esa Buyuk Britaniya 58 ochko va ketma-ket ikkita g’alaba bilan so’nggi sakkizlikka qo’shiladi.

«A» guruhida Yangi Zelandiya Koreya Respublikasi va Argentina ustidan qozonilgan g’alabalar bilan chorak final yo’llanmasini qo’lga kiritdi, Janubiy Afrika va AQSh «S» guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: www.asiarugby.com