Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv

Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 16 noyabr kuni regbi federatsiyasi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi regbi federatsiyasi bosh kotibi janob Jalilov Kaxramon Xakimovichning Koreya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi konsuli Janob ko gen nam va Koreya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi qoshidagi Mudofaa masalalari bo’yicha attashesi polkovnik Pak An so bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda regbi-15 bo‘yicha 2022-yil mart oyiga mo‘ljallangan o’yinlar jadvalini tayyorlash hamda Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari sport korpusi bilan Respublika Mudofaa vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston, O‘zbekiston Respublikasi Regbi federatsiyasi masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muzokaralarni davom ettirishga va qo’shma tashriflar qilishga kelishib oldilar.