Rossiyalik mutaxassislarning chim maydonlarni parvarishlash bo’yicha tajribasi

Rossiyalik mutaxassislarning chim maydonlarni parvarishlash bo’yicha tajribasi

2021-yil 1-dekabr kuni Toshkent shahrida «International Hotel» mehmonxonasida «sun’iy va tabiiy chimlarni parvarish qilish bo’yicha professional texnika uslublari to’g’risida» vebinar bo’lib o’tdi.

Maʼlumki, Oʻzbekistonda obodonlashtirish, yangi va zamonaviy stadionlar qurish, maydonlarni rekonstruksiya qilish, chimlarni barcha zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda yangilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yuqorida qayd etilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 30 noyabrdan – 2 dekabrga qadar Smolensk viloyatidan O’zbekiston Respublikasiga ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida delegatsiya ishchi tashrif bilan keldi.

Rossiya delegatsiyasi tarkibiga sun’iy va tabiiy chimlarni parvarish qilish uchun professional uskunalar ishlab chiqaruvchi TOSS Service kompaniyasi vakillari ham O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Webinar dasturida kuidagi masalalar muhokama qilindi: chimlarni to’g’ri parvarishlash hamda, TOSS Service o’z texnikasining o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklari haqida gapirib berdi va O’zbekistonda chimlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni aytib o’tildi.

Vebinarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Vebinar yakunida mehmonlar va ishtirokchilar ushbu vebinarni yuqori darajada tashkil etilganligini baholab, shuningdek qizgʻin va qiziqarli fikr – mulohazalarni almashuvi uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirdilar.

Muallif:

O‘zbekiston Respublikasi

Regbi Federatsiyasining

Matbuot kotibi                                                         

M. Abdumalikova