Namanganda 16 yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
2023 yilning 26-29 iyun kunlari Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on shahrida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda jami 13 ta o‘smirlar jamoalari,8 ta qiz bolalar jamoalari ishtirok etishdi.
O‘smirlar jamoalaridan: Andijon-1, Andijon-2, Farg‘ona-1, Farg‘ona-2, Namangan-1, Namangan-2, Xorazm, Urganch OPSTTM, Toshkent shahri, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari jamoalari qatnashishdi.
Qizlar jamoalari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan-1, Namangan-2, Farg‘ona, Xorazm, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari jamoalari ishtirok etishdi.
Chempionat bo‘yicha o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
O‘smirlar jamoalari o‘rtasida:
| O‘rinlar | Jamoalar |
| 1 | Toshkent shahar |
| 2 | Namangan viloyati-1 |
| 3 | Navoiy viloyati |
| 4 | Toshkent viloyati |
| 5 | Xorazm viloyati |
| 6 | Urganch OPSTTM |
| 7 | Sirdaryo viloyati |
| 8 | Namangan viloyati-2 |
| 9-12 | Farg‘ona viloyati-1 |
| 9-12 | Andijon viloyati-2 |
| 9-12 | Farg‘ona viloyati-2 |
| 9-12 | Andijon viloyati-1 |
Qiz bolalar jamoalari o‘rtasida esa:
| O‘rinlar | Jamoalar |
| 1 | Namangan viloyati-1 |
| 2 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
| 3 | Navoiy viloyati |
| 4 | Farg‘ona viloyati |
| 5 | Xorazm viloyati |
| 6 | Namangan viloyati-2 |
| 7 | Sirdaryo viloyati |
