O‘zbekiston regbi-15 chempionati yakunlandi!

Toshkent shahridagi Mudofaa vazirligi sport klubi stadionida erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston regbi-15 chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Yarim final bahslari natijalari:
- Mudofaa vazirligi — Ichki ishlar vazirligi: 79:7
- Milliy gvardiya — Xorazm: 56:13
Yarim final yakunlariga ko‘ra uchinchi o‘rin uchun bahsda Xorazm va Ichki ishlar vazirligi jamoalari maydonga tushdi. Xorazm regbichilari 35:7 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, musobaqaning bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Final uchrashuvida Milliy gvardiya jamoasi yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etib, Mudofaa vazirligi jamoasini 49:19 hisobida mag‘lub etdi va mamlakat chempioniga aylandi.
Chempionat yakuniy jadvali:
- Milliy Gvardiya
- Mudofaa Vazirligi
- Xorazm
- Ichki Ishlar Vazirligi
O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi chempion va sovrindor jamoalarni tabriklaydi hamda barcha ishtirokchilarga sport ruhi va yurtimizda regbi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.
