Regbi-7 U20 Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik

Regbi-7 U20 Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik

Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (20 yoshgacha) Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 02/1182-A/F-sonli buyrug‘iga binoan, yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini (OMY) boshladi.

Yig‘in 22-iyuldan 6-avgustgacha Toshkent viloyati Angren shahri Dukent qishlog‘ida joylashgan MCHJ RUTB “Yangiobod” sport bazasida o‘tkazilmoqda.

Hindistonning Bixar shtatida bo‘lib o‘tadigan chempionatga tayyorgarlik intensiv tarzda olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar murabbiylar Danil Kulikov, Yuliya Ignatenko, Azamat Dadamuhamedov hamda taklif etilgan yangi zelandiyalik mutaxassis Ayi Orene boshchiligida o‘tkazilmoqda.



Maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnika va taktika elementlari, shuningdek, jamoaviy o‘yinlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayi Orene o‘zining xalqaro tajribasi bilan faol ravishda o‘rtoqlashib, mashg‘ulot jarayonining sifatini sezilarli darajada oshirmoqda.

Jamoaning ruhiy holati — jangovar. Yig‘in yuqori saviyada o‘tayapti va sportchilar O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib tarzda himoya qilishga qat’iy bel bog‘laganlar.