Artyom Izmaylovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz!

Artyom Izmaylov — bolalar va yoshlar bilan faol ishlayotgan regbi murabbiyi. U yosh avlodga sportga bo‘lgan mehrni singdirib, regbini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi nomidan Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
Sizga sog‘lik, energiya, sabr-toqat va ish faoliyatingizdan zavq tilaymiz. Tarbiyalanuvchilaringiz yutuqlari bilan quvontirsin, har bir kuningiz yaxshi yangiliklar va ijobiy lahzalarga boy bo‘lsin!
