9-10 dekabr kunlari O’zbekiston regbi Federatsiyasi Bosh Kotibi Qahramon Djalilov amaliy tashrif bilan Qoraqalpog’iston Respublikasida bo’ldi. U vazirliklar, ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazib, Qoraqalpog’iston Respublikasida regbini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri G’ayratbay Xojanovich Bayniyazov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, unda ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish va mintaqada regbini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Qahramon Djalilov Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori Azamat Turdanov bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga 2021 yilgacha qizlar uchun 20 ta kvota joyini ajratish to’g’risida iltimosnoma bo’yicha qaror qabul qilish masalalari muhokama qilindi. Ushbu o’quv yilidan boshlab Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ajratilgan kvotaga qaramay talabalarni qabul qilish amalga oshirilmadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu kollejda qish mavsumida regbi bilan shug’ullanish uchun barcha shart-sharoitlar, shu jumladan sport zallari mavjud. Shuningdek, standart regbi maydoni ham mavjud, talab qilinadigan yagona narsa bu sun’iy o’t maydon uchun. Bundan tashqari, ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan viloyat (shahar) sport maktablari o’quvchilari o’rtasida «O’quvchilar ligasi» musobaqalarini tashkil etish va doimiy ravishda o’tkazish masalasi ko’rib chiqildi.
10 dekabr kuni O’zbekiston regbi Federatsiyasi Bosh kotibi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurdi, u yerda uni ushbu universitet rektori Reimov Ahmed Mambetkarimovich kutib oldi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 04.03.2020 yildagi PKM-122 bo’yicha universitet talabalari o’rtasida «Talabalar ligasi» musobaqalarini doimiy ravishda tashkil etish masalasi, amaldagi litsenziyaga ega bo’lgan murabbiylarni ishga joylashtirish va kamida 10 ta murabbiylarni qayta tayyorlashni moliyalashtirish masalasi ko’rib chiqildi. Shuningdek, talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, unda 2021 yilda talabalar ligasida erkaklar va ayollar jamoalari ishtirok etishi va O’zbekiston regbi Federatsiyasi ularni murabbiy bilan ta’minlab berishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Xalq ta’limi vazirining o’rinbosari Tojimuratov Shafiddin Davletbaevich va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro’yxat bo’yicha quyidagi 17 ta maktab direktorlari bilan bir nechta masalalar muhokama qilindi:
- Bo’zatov tumani 2-sonli maktab
- Qonliko’l tumani 18-sonli maktab
- Qorao’zak tumani 8-sonli maktab
- Mo’ynoq tumani 4-sonli maktab
- Nukus tumani 21-sonli maktab
- Taxiatosh tumani 1-sonli maktab
- Xo’jayli tumani 6-sonli maktab
- Nukus shahri 24-sonli maktab
- Ellikqal’a tumani 31-sonli maktab
- Amudaryo tumani 11-sonli maktab
- Beruniy tumani 47-sonli maktab
- Kegeyli tumani 20-sonli maktab
- Qo’ng’inot tumani 40-sonli maktab
- Taxtako’pir tumani 3-sonli maktab
- To’rtko’l tumani 1-sonli maktab
- Chimboy tumani 41-sonli maktab
- Shumanoy tumani 7-sonli maktab
O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 29 oktabrdagi PQ-4500-sonli «O’zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoniga muvofiq jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun teg-regbi mashg’ulotlarini o’tkazish masalasi ko’rib chiqildi. Uchrashuv yakunida O’zbekiston regbi Federatsiyasi tomonidan o’zbek va rus tillarida darsliklar hamda regbi to’plari taqdim etildi.
Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Raisi Kamalov Murat Kallibekovich bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, uchrashuv davomida Qoraqalpog’iston rahbariyati sportni, xususan regbi sportini rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi.
Safar davomida tashkiliy masalalar hal qilindi, shu jumladan Murat Sarsenbayev Qoraqalpog’iston regbi Federatsiyasi Bosh Kotibi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining birinchi o’rinbosari Nurlan Yerlepesov Umurzakovich Qoraqalpog’iston regbi Federatsiyasi Raisi etib tayinlandilar.
O’zbekiston regbi Federatsiyasi ushbu tashrifni samarali amalga oshishiga hissa qo’shgan tegishli tashkilotlarning mehmondo’stligi va muvofiqlashtirilgan ishi uchun minnatdorchilik bildiradi.