Monako shahrida Tokio Olimpiada o’yinlariga tayyorgarlik doirasida regbi-7 bo’yicha final saralash turniri bo’lib o’tadi

Monako shahrida Tokio Olimpiada o’yinlariga tayyorgarlik doirasida regbi-7 bo’yicha final saralash turniri bo’lib o’tadi

Xalqaro regbi kengashi Tokio Olimpiya o’yinlariga final saralash turniri 2021 yil 19-20 iyun kunlari Monakoda bo’lib o’tishini tasdiqladi. Ushbu qaror Xalqaro regbi kengashi Ijroiya qo’mitasi tomonidan puxta uyushtirilgan tanlov jarayonidan so’ng tasdiqlandi va Rio-2016 Olimpiada o’yinlari oldidan erkaklar musobaqasiga mezbonlik qilgan Lui II nomidagi stadioniga musobaqaning qaytishini nazarda tutmoqda.

Ayollar jamoalari o’rtasidagi saralash turnirida Argentina, Kolumbiya, Fransiya, Gonkong, Yamayka, Qozog’iston, Madagaskar, Meksika, Papau Yangi Gvineya, Rossiya, Samoa va Tunis ishtirok etadi. Erkaklar jamoalaridan Braziliya, Chili, Xitoy, Frantsiya, Gonkong, Irlandiya, Yamayka, Meksika, Samoa, Tonga, Uganda va Zimbabve jamoalari yo’llanma uchun kuch sunashishadi.

2019 yilda Yaponiyada bo’lib o’tgan, rekord darajada tomoshabinlar yig’gan va Yaponiya va Osiyo bo’ylab ko’plab muxlislarni jalb qilgan regbi bo’yicha Jahon kubogining ajoyib yutuqlaridan so’ng, regbi-7 eng kutilgan voqealardan biri bo’lishi kutilmoqda.

Rio-2016 Olimpiya o’yinlariga birinchi marta regbi-7 kiritilishi sportga katta ta’sir ko’rsatdi va dunyo bo’ylab 30 millionga yaqin yangi muxlislarni jalb qildi.

 

Manba:  Asiarugby.com

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan