8-yanvar kuni Yaponiyaning Tokio, Kanagava, Saytama va Chiba prefekturalarida joriy qilingan koronavirus tufayli yangi karantin Yaponlarning kelasi yozda o’z mamlakatida Yozgi Olimpiada O’yinlarini o’tkazish rejalariga munosabatini keskin yomonlashtirdi.
Kyodo agentligi tomonidan o’tkazilgan telefon orqali o’tkazilgan so’rovga ko’ra, Yaponiyaning 80 foizgacha aholisi 2021 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o’yinlari bekor qilinishi yoki keyinga qoldirilishini istashmoqda. So’ralganlarning 35,3 foizi O’yinlarni bekor qilishni yoqlagan va 44,8 foizi Tokioga yana bir muddat O’yinlarnii qoldirish kerak bo’ladi deb ta’kidlashgan.
Dushanba kuni Tokioda koronavirus bilan kassallanish ko’rsatkichi yana 1219 taga ko’paydi. Bu ko’rsatkich hafta davomida yuqori darajada bo’lib turibdi. Bundan tashqari, Yaponiyada virusning Buyuk Britaniyada, Janubiy Afrikada va Qo’shma Shtatlarda tarqalayotganidan farq qiluvchi yangi («Braziliya shtami» deb ataladigan) mutatsiyasi aniqlanganligi haqida xabar berildi. Kansay, Osaka, Kioto va Xyogo prefekturalari shanba kuni markaziy hukumatdan ularga favqulodda holatni uzaytirishni so’radi. Shu bilan birga, Yaponiyada ommaviy emlash fevral oyining oxirigacha boshlanmaydi.
Tokio Olimpiadasi 2020 yil iyul-avgust oylarida bo’lib o’tishi kerak edi, ammo pandemiya sababli bir yilga qoldirildi. Avvalroq, XOQ va o’yinlar tashkiliy qo’mitasi musobaqalar belgilangan muddatda 2021 yilda o’tkazilishiga ishonch bildirgan edi.
Manba: sport-express.ru