2021 yil rejalari MOQ rahbariyati muhokamasida

2021 yil rejalari MOQ rahbariyati muhokamasida

Darhaqiqat, oldimizda o’ta mas’uliyatli yil turibdi. Bir necha kun muqaddam jahon minbarlarida XOQ va Yaponiya hukumati tomonidan asossiz deb topildi. Shunday ekan, bo’lajak musobaqaga har tomonlama puhta tayyorgarlik ko’rish talab etiladi. Kecha O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi rahbariyati federatsiyalarda Olimpiya va Paralimpiya o’yinlariga ko’rilayotgan tayyorgarlik va boshqa bir qator mavzular bo’yicha yig’ilish o’tkazdi.

Uchrashuvni MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov olib bordi. Unda, shuningdek, Bosh kotib Oybek Qosimov, rais o’rinbosarlari Saken Po’latov, Azizjon Kamilov, Sherzod Tashmatov, MOQ raisi devoni rahbari Miragzam Mirahmedov, axborot-tahlil departamenti direktori Rustam Tuktamishev ishtirok etishdi. Rustam Shoabdurahmonov uchrashuv davomida har bir federatsiyalarda Olimpiya o’yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik, terma jamoalar uchun tashkil qilinayotgan yig’inlar, litsenzion musobaqalar davri, Olimpiya o’yinlarida shohsupaga ko’tarilgan sportchi va uning murabbiylarini qanday rag’batlantirish, Xanchjou-2022 Osiyo o’yinlari va Parij-2024 Olimpiya o’ynlari uchun selektsiya ishlarini olib borish kabi masalalar bo’yicha suhbat o’tkazdi.




Shuningdek, yig’ilish kun tartibidan yil davomida Toshkentda o’tkaziladigan yirik musobaqalarga tayyorgarlik mavzusi ham o’rin oldi. Ma’lumki, mart oyining oyining, o’zida ilk bor poytaxtimizda o’tadigan dzyudo bo’yicha «Katta dubulg’a» turniri, professional bokschimiz Murodjon Axmadaliyevning chempionlik kamarlarini himoya qiluvchi jangi kutib turibdi. Shubxasiz, bu va boshqa yirik musobaqalarga hozirgi epidemiologik davrdan kelib chiqib, munosib tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.


«Tokio Olimpiadasiga puhta tayyorgarlik doimo e’tiborimiz markazida bo’lishi kerak. Xalqimiz, Prezidentimiz bilan chiroyli g’alabalar kutishmoqda. Shuningdek, muhtaram yurtboshimiz mamlakatimizda ommaviy sport targ’iboti, yoshlarimizning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanib borishlariga alohida e’tibor qaratmoqdalar.Bizni oldinda kutib turgan ikki musobaqa buning uchun tayyor voqelik. Bular orqali sog’lom turmush tarzini yoshlarimiz orasida keng targ’ib qilishimiz lozim», – dedi MOQ raisi.




Rustam Shoabdurahmonov suhbat davomida sport targ’ibotini Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy va xususiy telekanallar, internet nashrlari va blogerlar bilan hamkorlikda amalga oshirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berib o’tdi. Shuningdek, Prezidentimiz ilgari surayotgan ma’naviy barkamollik, milliy mafkura yo’nalishlari bo’yicha ham sportchilarimizning ruhiyatini, bilimini oshirish masalalariga ham to’xtalib o’tdi. Suhbat yakunida kun tartibi va boshqa bir qator masalalar bo’yicha atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Manbaa: olympic.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan