2021 yil 11 fevralda regbi bo’yicha terma jamoamiz 2021 yil 27 fevralgacha davom etadigan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Toshkent) sport majmuasida o’quv-mashg’ulot yig’inlarini o’tkazishni boshladi. Ushbu tadbirning maqsadi regbi-7 bo’yicha O’zbekiston erkaklar milliy terma jamoasini xalqaro Open Central Asia tournament turnirida ishtirok etish uchun samarali tayyorlash shuningdek erkaklar jamoasining jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhiyatini oshirish.
Ta’kidlash joizki, o’quv-mashg’ulot yig’inini terma jamoa bosh murabbiyi Kulikov Danil va Janubiy Afrikalik murabbiy-maslahatchi Human Andre olib borishmoqda. Chet ellik mutaxassislarning murabbiylik tajribasi va bilimlarini joriy etish regbi sportining samarali rivojlanishi va mamlakatimizda ushbu sport turini ommalashtirish garovidir.