18-19 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan 18 yoshgacha (U-18) qizlar o’rtasida regbi-7 bo’yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida ayollar regbi-7 terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazilmoqda. Ayollar terma jamoasi qozog’istonlik maslahatchi-trener Anastasiya Xamova rahbarligida mashg’ulot o’tkazadi.
O’quv -mashg’ulot yig’ini 2-17 avgust kunlari Yangiobod RTOBda bo’lib o’tadi.