O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI BILAN!

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI BILAN!

Hurmatli vatandoshlar!

O‘zbekiston Regbi federatsiyasi sizlarni mamlakatimizning muhim bayramlaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaydi!

1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida mamlakatimizning asosiy qonuni qabul qilindi.

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir.

Ushbu muhim bayramda sizga va yaqinlaringizga ravnaq, mustahkam sog’liq, baxt-saodat va farovonlik tilab qolamiz!

Omad har doim sizning barcha ishlaringizda sizga hamroh bo’lsin!

Muallif:

O‘zbekiston Respublikasi

Regbi Federatsiyasining

Matbuot kotibi                                                         

M. Abdumalikova