Joriy yilning 12 mart kuni, sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov mamlakatimizning Xorazm hududida ommaviy sportning tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilayotgan va jonbozlik ko’rsatayotgan uchun O’zbekiston regbi federasiyasi Xorazm viloyati hududiy bo’limi Bosh kotibi, O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo’mitasi Xorazm viloyati bo’limi ijrochi direktori, Urganch Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejining oliy toifali instruktor-metodisti Jumaniyazov Maqsudbek Karimovich «jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko’krak nishoni bilan mukofotladi.
O’zbekiston regbi federatsiyasi nomidan Maqsudbek Karimovichni tabriklaymiz va unga yangi va katta g’alabalar tilab qolamiz
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova