Joriy yilning 9 aprel kuni regbi-7 bo‘yicha yoshlar terma jamoasi a’zolarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda murabbiylar E.Lebed, I.Mamajanov va milliy yoshlar terma jamoalari sportchilari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, sportchilarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishdan iborat.
Sportchilar bilan suhbatda xalqimizning asosiy ma’naviyatlaridan biri sifatida e’tirof etilgan buyuk sarkarda, huquqshunos, iste’dodli quruvchi, buyuk sarkarda Amir Temurning ma’naviy merosi kabi mavzularga to‘xtalib o‘tildi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir terma jamoa sportchilarida katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova