O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yilga mo‘ljallangan “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar’ rejasi”ga asosan regbi-7 bo‘yicha joriy yilning 1 aprel’ kuni ayollar va erkaklar jamoalari O‘zbekiston chempionatining I-tur musobaqasi boshlandi. Chempionat 1-2 aprel’ kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy uniersitetining sport maydonida o‘tkazilmoqda.
Ushbu chempionatda erkaklar jamoalari: O‘zMU-1 (Toshkent), O‘zMU-2 (Toshkent), O‘zMU-3 (Toshkent), O‘zMU-4 (Toshkent), JXU (Toshkent), Sem’ya (Toshkent), Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy viloyati, Farg‘ona viloyati, Jizzax viloyati, O‘zDJTSU-1 (Toshkent viloyati), O‘zDJTSU-2 (Toshkent viloyati), UMED, TVO jamoalari qatnashmoqda. Ayollar jamoalaridan : O‘zMU (Toshkent), O‘zDJTSU-1 (Toshkent viloyati), O‘zDJTSU-2 (Toshkent viloyati), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Farg‘ona viloyati, Jizzax viloyati, Namangan viloyati jamoalari qatnashmoqda.