Erkaklar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining to’rtinchi o‘yin kuni
30 aprel kuni O‘zbekiston Milliy universiteti stadionida regbi bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O’yin Xorazm va MHSK jamoalari o’rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. Uchrashuvda Xorazm jamoasi birinchi bo‘limning 6-daqiqasida belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 11-daqiqada MHSK jamoasi raqib darvozasini urinish bilan ishg’ol qilib, 5 ochkoni qo’lga kiritdi va 18-daqiqada o’z hisobiga yana 5 ochko qo’shib oldi. Bunga Xorazm jamoasi javob urinishi bilan javob qaytardi. Jamoalar 10-8 hisobida MHSK jamoasi foydasiga o’yinni hal qilib tanaffusga yo’l olishdi. Ikkinchi bo’limda MHSK jamoasi 2-daqiqada urinishlar uyushtirib o’z ochkolariga ega bo’ldilar. O’yin oxirigacha esa uchrashuv hisobi o’zgarmadi. Faqat 15-daqiqada MHSK jamoasi hakam R.Mukumovdan sariq kartochka oldi. Uchrashuvdagi hisob 17-8 MHSK foydasiga. Ikkinchi o‘yinni Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya jamoalari o‘tkazdi. Milliy gvardiya jamoasi o‘yinning 1-daqiqasidayoq urinish orqali hisobni ochdi. Bunga IIV jamoasi 7-daqiqada urinishni amalga oshirish bilan javob qaytardi. Shundan so’ng, Milliy gvardiyachilar uchta javobsiz urinish va bitta realizatsiyani olib kelishdi. Birinchi bo‘lim hisobi 22-7 Milliy gvardiya foydasiga. Ikkinchi bo’limda gvardiyachilar o’z muvaffaqiyatlarini rivojlantirishda davom etib, 3 ta javobsiz urinish va ikkita realizatsiya qilishdi. Uchrashuv hisobi 41 – 7 Milliy gvardiya foydasiga.
2 may kuni Markaziy harbiy sport klubi (MHSK) stadionida regbi-15 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. ShHO jamoasi MHSK bilan, Milliy gvardiya esa Xorazm jamoasi bilan uchrashadi.