Regbi-7 bo’yicha xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari Seulda

Regbi-7 bo’yicha xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari Seulda


O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilardan iborat Regbi-7 jamoasi Seul shahriga o’rtoqlik uchrashuvlarini o’tkazish uchun yo’l oladi

12-maydan 22- mayga qadar Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va o’rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi, unda O’zbekiston Mudofaa vazirligining jamoasi va Koreya jamoalari ishtirok etishadi.‌‌ Mazkur uchrashuvlardan maqsad regbichilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash,o’yin o’ynash mahoratlarini oshirish hamda xalqaro turnirlarda ishtirok etish darajasini oshirishdan iborat.‌‌‌‌ Turnir CISM (Xalqaro harbiy sport kengashi) homiyligida bo’lib o’tmoqda.
Ushbu sayohat O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining regbi bo‘yicha terma jamoasining Janubiy Koreya harbiy xizmatchilarining regbi bo‘yicha o‘tgan yilgi tashrifiga javob tashrifidir. Ushbu tadbir Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan