Urganchda ishchi guruhining uchrashuvi

Urganchda ishchi guruhining uchrashuvi

Xorazm viloyatida regbini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

10 yanvar’ kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida regbini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishi o‘tkazildi. Uchrashuvda federatsiyaning xorijiy trener-maslaxatchisi Andre Xuman, yoshlar milliy terma jamoasi katta treneri Egor Lebed, regbi bo‘yicha Xorazm viloyatining katta treneri Maqsud Jumaniyozov hamda Urganch Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Ikram Ataev ishtirok etdi.

Yig‘ilishi davomida regbi bo‘yicha yosh sportchilarni saralash hamda 2024 yil 10-31 yanvar’ kunlari Urganch shahri va Bog‘ot tumanida rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish doirasida O‘zbekiston regbi federatsiyasi va Urganch OPSTTM o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari “Toshkent-2025” Yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlariga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkaziib, Xorazm viloyatida regbi bo‘yicha iqtidorli yosh sportchilarni yanada saralashga xizmat qiladi.