Sportni ommalashtirish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi
Joriy yilda sportga qariyb 2 trillion so‘m ajratilmoqda. Shu bois sportni ommalashtirish bo‘yicha tizim to‘liq va yuqori samara bilan ishlashi zarur. Hokimlar o‘zi musobaqalar tashkil qilib, yangi iqtidorlarni kashf qilishga yetarli e’tibor qaratmayapti. Oqibatda, hududlarda yaxshi sportchilar chetda qolib ketayapti. Mahallalarni futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi kabi sportning 12 ta ommaviy turidan biriga ixtisoslashtirish, har oyda mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish muhimligi ta’kidlandi.
Sport vazirligiga va hokimliklarga yil davomida “sektor – tuman – viloyat – respublika” darajalarida ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish topshirildi. “Sport maktablari – sport kollejlari – sport federatsiyalari – oliy mahorat maktablari” zanjiri asosida doimiy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshirish vazifasi qo‘yildi.