Rugby-7 boʻyicha nufuzli musobakalarga tayorgarlik masalalari

Rugby-7 boʻyicha nufuzli musobakalarga tayorgarlik masalalari

Joriy yilning 14 avgust kuni Bosh kotib Qaxramon Jalilov boshchiligida federatsiya murabbiylar shtabi azolari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • rejalashtirilgan U-20 Osiyo chempionatida ishtirok etish, 22-26 noyabr kunlari Ahmadobod (Hindiston).
  • 3-6 oktyabr kunlari Katmandu shahrida (Nepal) oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Asia Regby Sevens Trophy” xalqaro turnirida ishtirok etish;

Mazkur nufuzli musobaqalarda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida regbi bo‘yicha erkaklar va ayollar terma jamoalari sportchilari bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish rejalari muhokama qilindi.


Shuningdek, regbi bo‘yicha Toshkent shahar katta murabbiyi Azamat Dadamuhamedov va Xorazm viloyati regbi bo‘yicha katta murabbiyi Maqsud Jumaniyozov U-20 Osiyo chempionatida ishtirok etadigan yoshlar terma jamoasiga biriktirildi.