Mustaqillik bilan respublikamizning barcha sohalarida, jumladan, sportda ham keng imkoniyatlar yaratildi. Ayni paytda O‘zbekiston sport bo‘yicha dunyoning barcha davlatlari bilan bemalol raqobatlasha oladigan darajaga yetdi.
Xurmatli vatandoshlar!
O’zbekiston regbi federatsiyasi nomidan barchangizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz, sizlarga sihat-salomatlik, tinchlik va oilangizga qut-baraka tilab qolamiz!
Mana 33 yildan beri ozod yurtda yashayapmiz. Bugun biz ajdodlarimiz bilan faxrlanib, ularning mehnatini davom ettirmoqdamiz, mamlakatimiz tarixi va mustaqilligini asrab-avaylash bizning burchimizdir.
Har bir kuningiz quvonch va yutuqlarga boy bo’lsin!