So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, sportning o`yin turlarini, shu jumladan regbini yanada ommalashtirish, sport bilan shug‘ullanish uchun qulay shart-sharoitlar va infratuzilma yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu qatorda Buxoro viloyatida regbi sportini yanada rivojlantirish, uni viloyat aholisining yoshlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, yuqori sifatli o‘quv-mashq jarayonini ta’minlash, regbichilar darajasi va malakasini doimiy oshirib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, regbichi-sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida bugungi kunda kop`lab ishlar amalda oshirilmoqda.
Yaqinda mustaqillik bayrami arafasida Buxoro viloyati regbi federatsiyasi, Buxoro viloyati Sport boshqarmasi hamda Sportning o`yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi bilan hamkorlikda viloyatda katta musobaqa tashkil etildi. Musobaqada 60 ta o`g`il va qiz regbichilari qatnashdi. Ushbu sport tadbirda Buxoro davlat universiteti sport maydonida o`tkazildi. O`g`illar o`rtasida bo`lib o`tgan U-14 viloyat musobaqasining yakunida, 1-o`rin Buxoro viloyati sportning o`yin turlari va yengil atletika bo`yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi, 2-o`rin Jondor tumani 1-son sport maktabi, 3-o`rin Buxoro shahar 1-son sport maktabi sportchilari egallashdi.
Musobaqa yakunida g`olib va sovrindorlarga Buxoro viloyat Sport boshqarmasi tomonidan medal va diplomlar topshirildi.