Regbi-15 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Regbi-15 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

10-20 sentabr kunlari Toshkent shahridagi Milliy harbiy sport klubi stadionida regbi-15 bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Jamoalar o’rtasidagi o’rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin Mudofaa vazirligi jamoasi

2-o‘rin Milliy gvardiya jamoasi

3-o‘rin Ichki ishlar vazirligi jamoasi

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston regbi federatsiyasi Bosh kotibi Qahramon Jalilov ishtirok etdi. O‘zbekiston chempionlariga kubok, medal va faxriy yorliqlar topshirildi.