Oʻzbekiston vakili Asia Rugby 2025 mukofotini oldi

Oʻzbekiston vakili Asia Rugby 2025 mukofotini oldi

Oʻzbekiston vakili Asia Rugby 2025 mukofotini oldi


2025-yil 8-noyabr kuni Malayziyaning Kuching shahrida Osiyo regbi ittifoqi (Asia Rugby) tomonidan har yili oʻtkaziladigan mukofotlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu mukofotlar regbi rivojiga qoʻshilgan ulkan hissalar, yetakchilik va fidoyilikni eʼtirof etadi. “Yil xodimi” nominatsiyasi boʻyicha sovrindorlar qatoriga Oʻzbekiston vakili — Anatoliy Shirov kiritildi.

Mukofotni topshirar ekan, Asia Rugby prezidenti Qays Al Dalay, bu eʼtirof Anatoliy Shirovning yuksak professionalligi, ishga boʻlgan sadoqati va yil davomida Asia Rugby faoliyatiga qoʻshgan hissasini tan olish belgisi ekanini taʼkidladi. Anatoliyning mehnatsevarligi va ijobiy munosabati mintaqada regbining mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.

Anatoliy Shirov sport boshqaruvi boʻyicha magistr (MSA) darajasiga ega, Markaziy Osiyoda regbini rivojlantirish boʻyicha maslahatchi, shuningdek Asia Rugby’ning bir nechta qoʻmitalarining faol aʼzosidir:

  • Rivojlanish qoʻmitasi,
  • Raqamli transformatsiya qoʻmitasi,
  • Oʻyinchilar xavfsizligi va farovonligi qoʻmitasi,
  • Etika va boshqaruv qoʻmitasi.

2024–2025-yillarda u Osiyo regbi-7 va regbi-15 chempionatlari turnir direktori sifatida ham faoliyat yuritgan.

“Bu eʼtirof — nafaqat shaxsiy mukofot, balki butun Osiyoda regbini rivojlantirayotgan jamoaning mehnati natijasidir. Asia Rugby oilasining bir qismi boʻlish men uchun katta sharaf”, — dedi Anatoliy Shirov.

Mukofot Anatoliyga Oʻzbekiston regbi federatsiyasi ofisida tashkilotning bosh kotibi Kahrarmon Jalilov tomonidan topshirildi.


Asia Rugby 2025 yilgi mukofotlari sovrindorlari orasida, shuningdek, quyidagilar bor:

  • Yaponiya ayollar regbi-7 terma jamoasi — ayollar regbisini rivojlantirishdagi hissasi uchun;
  • Yusuf Shaker (BAA) — Asia Rugby “Xarakter uchun” mukofoti;
  • Taku Otsuki (Yaponiya) — hakamlikdagi yutuqlari uchun Karlson Linn nomidagi mukofot;
  • Nalin De Silva (Shri-Lanka) — regbini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun;
  • Terens Xu (Singapur) — Asia Rugby Prezidentining maxsus minnatdorligi, 2025-yildagi Ijroiya qoʻmitasining eng faol aʼzosi sifatida.

Asia Rugby haqida

Asia Rugby — World Rugby tomonidan tan olingan rasmiy qitʼaviy federatsiya boʻlib, Osiyodagi 36 davlatning milliy regbi uyushmalarini birlashtiradi. Tashkilot regbini ommaviy sportdan tortib professional musobaqalargacha barcha darajalarda rivojlantirish, targʻib qilish va boshqarish bilan shugʻullanadi.