Milliy terma jamoalar a’zolariga anti-doping boʻyicha seminar tashkillashtirildi

Milliy terma jamoalar a’zolariga anti-doping boʻyicha seminar tashkillashtirildi

Regbi milliy terma jamoalari sportchilariga “toza sport” g‘oyasi tushuntirildi.

Antidoping seminarida sportchilarga nafaqat qonunchilikdagi yangiliklar, balki sportda halollik va poklik uchun javobgarlik mazmuni ham tushuntirildi.

“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun hamda Butunjahon antidoping kodeksidagi yangilanishlar orqali sportchilarning majburiyat va mas’uliyati yanada aniq yetkazildi.

Seminar davomida “toza sport” g‘oyasi singdirilib, dopingga qarshi kurashda shaxsiy mas’uliyat va xalqaro qoidalarga rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.