2026-yil 6–7-may kunlari Surxondaryo viloyatidagi “Alpomish” stadionida regbi-7 bo‘yicha o‘smirlar (U-16) o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining yakuniy turi bo‘lib o‘tdi.
3 tur yakunlariga ko‘ra qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Xorazm viloyati (murabbiy: Jumaniyazov Maqsud),
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi (murabbiy: Bazarov Jetker),
3-o‘rin — Namangan viloyati (murabbiy: Hoshimjonov Abdurahmon).
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Navoiy viloyati (murabbiy: Murodullayev Murod),
2-o‘rin — “Markaz” jamoasi (murabbiy: Matqurbonov Ruslan),
3-o‘rin — Namangan viloyati (murabbiy: Hoshimjonov Abdurahmon).
Mazkur chempionat O‘zbekiston regbi tarixida ilk bor U-16 yosh toifasida tur tizimi asosida tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir.









