Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Omilovich Kasimov yuksak davlat mukofoti — “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofot uning mamlakatimizda sport va Olimpiya harakatini rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yoʻlidagi samarali mehnatining munosib eʼtirofidir.
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi Oybek Omilovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaydi.




