Tavallud kuningiz muborak boʻlsin, hurmatli Shavkat Miromonovich!

Tavallud kuningiz muborak boʻlsin, hurmatli Shavkat Miromonovich!

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etadi!

Mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlaringiz, shuningdek, sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi e’tiboringiz yurtimiz sporti ravnaqiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Regbi sportini ommalashtirish va uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt-saodat, oilaviy farovonlik hamda davlatimiz ravnaqi va xalqimiz manfaatlari yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.