24–25-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan regbi-7 bo‘yicha Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport tadbiri O‘zbekistonda regbini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida tashkil etildi. Musobaqada xorijiy jamoalar, shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyati jamoalari ishtirok etishdi. Turnir yuqori saviyada o‘tib, xalqaro sport aloqalarining mustahkamlanayotgani hamda mintaqada regbining ommalashib borayotganini ko‘rsatdi.




