29–31-oktyabr kunlari Xorazm viloyatining Bogʻot tumanida regbi-7 boʻyicha U-14 chempionatining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtadi.
Musobaqaning hal qiluvchi bosqichida 16 ta jamoa ishtirok etadi:
- 9 ta erkaklar jamoasi
- 7 ta ayollar jamoasi
Asosiy oʻyinlar va hal qiluvchi bellashuvlar 30–31-oktyabr kunlari Bogʻot tumani sport maktabi stadionida oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Regbi federatsiyasi barcha ishtirokchilarga halol va murosasiz sport kurashi, yuqori natijalar hamda mazmunli oʻyin tilaydi. Ushbu musobaqa sizning sportdagi rivojlanishingizda muhim bosqich boʻlib, halol raqobat va jamoaviy hamjihatlik ruhida oʻtishiga tilakdoshmiz!
Muxlislar, sport jamoatchiligi vakillari va barcha sportsevarlarni yosh sportchilarimizni qoʻllab-quvvatlashga taklif etamiz.
