Oʻzbekiston chempionati (U14): Xorazmda 2-tur gʻoliblari aniqlandi!

Oʻzbekiston chempionati (U14): Xorazmda 2-tur gʻoliblari aniqlandi!

28–31-oktabr kunlari Xorazm viloyatining soʻlim Bogʻot tumanida 14 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar va qizlar (U14) oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatining 2-turi oʻz nihoyasiga yetdi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan eng mahoratli yosh sportchilar murosasiz, keskin va qiziqarli kechgan bahslarda oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Har bir oʻyin muxlislarga koʻtarinki kayfiyat va unutilmas hayajonli daqiqalarni ulashdi.

Murosa va qizgʻin kechgan bellashuvlar yakuniga koʻra, sovrinli oʻrinlar quyidagicha taqsimlandi:

Qizlar oʻrtasida:

  • 🥇 1-oʻrin: Xorazm jamoasi
  • 🥈 2-oʻrin: Toshkent viloyati jamoasi
  • 🥉 3-oʻrin: Namangan jamoasi

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida:

  • 🥇 1-oʻrin: Xorazm jamoasi
  • 🥈 2-oʻrin: Namangan jamoasi
  • 🥉 3-oʻrin: Fargʻona jamoasi

Barcha gʻolib va sovrindorlarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Musobaqada ishtirok etgan har bir yosh sportchiga kelgusi bahslarda yangi zafarlar, matonat va tinimsiz mashgʻulotlarda ulkan omad yor boʻlishini tilab qolamiz!