Prezident olimpiadasi: dasturning kengaytirilishi va regbi-7 ning kiritilishi

Prezident olimpiadasi: dasturning kengaytirilishi va regbi-7 ning kiritilishi

Olimpiya shaharchasida 3,5 mingdan ortiq yosh sportchilarni birhlashtirgan Prezident olimpiadasi davom etmoqda. Musobaqalar 26 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Yangi sport turlari: 2027-yildan boshlab o‘yin sport turlari tarkibiga regbi-7 sport turini kiritish hamda umumiy sport turlari sonini 35 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Ushbu tashabbuslar yoshlar sportini rivojlantirish va malakali professional zaxirani tayyorlashga qaratilgan.