226-maktabda regbi bo‘yicha mahorat darslari o’tkazildi

226-maktabda regbi bo‘yicha mahorat darslari o’tkazildi

Maktab o’quvchilariga mahorat saboqlari o’tildi

2023-yil 5-may kuni 226-sonli umumta’lim maktabda sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilar uchun regbi bo’yicha mahorat saboqlari berildi. Mahorat darslarida regbi sportining tarixi, asosiy qoidalari va o’yin xususiyatlari to’g’risida so’z bordi. Nazariy saboqlardan so‘ng o’quvchi yoshlarni guruhlarga bo’lib amaliy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishdi. Mashg’ulot ohirida qatnashuvchilar regbi elementlari orqali estafeta o’ynashdi.
Tadbirni JAICA trener-volontyori Rio Moria va trener Radchenko A.S. o’tkazishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan